"Atletiko" hujumchisi APLga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 60
Hujumchi Mateus Kunya "Atletiko"dan "Vulverxempton"ga o'tadi. Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, klublar transfer bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan.
"Vulverxempton" Kunyani 40-50 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi. Yaqin kunlarda klublar barcha hujjatlarni rasmiylashtiradi, bundan tashqari futbolchi tibbiy ko'rikdan ham o'tishi kerak.
23 yoshli Mateus Kunya "Atletiko" safida 54 ta rasmiy o'yin o'tkazgan. Ularda braziliyalik 7 ta gol urdi va sheriklariga 8 ta golli uzatma berdi.
“Vulverxempton” ayni damda APL turnir jadvalida oxirgi o'rinni egallab turibdi.