Meksikalik darvozabon A Seriyaga o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 61
Meksikalik darvozabon Gilermo Ochoa faoliyatini qaerda davom ettirishi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Ochoa Meksikaning "Amerika" dan Italiyaning "Salernitana" klubiga o'tadi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.
Qatarda o'tgan so'nggi jahon chempionatida 37 yoshli Gilermo Ochoa Meksika terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lgandi. Uning jamoasi Saudiya Arabistonini mag'lub etib, Polsha bilan durang o'ynadi. Darvozabon bungacha “Ayachcho”, “Malaga”, “Granada” va “Standard” klublarida o'ynagan. Gilermo Ochoa to'rtta KONKAKAF kubogini (2009, 2011, 2015 va 2019) yutgan, shuningdek, beshta Jahon chempionatida (2006, 2010, 2014, 2018 va 2022) ishtirok etgan.