"MYu" "Atletiko" bilan Morata borasida muzokara olib bormayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 127

"Manchester Yunayted" va "Atletiko" 30 yoshli hujumchi Alvaro Morataning ehtimoliy transferi haqida muzokara o'tkazishmayapti, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Avvalroq "mankunianliklar" rahbariyati Moratani noyabr oyida shartnomasi bekor qilingan Krishtianu Ronalduning o'rniga nomzodlardan biri sifatida ko'rayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, “qizil iblislar” ro'yxatidan “Benfika” futbolchisi Gonsalo Ramush va PSV futbolchisi Kodi Gakpo ham bor.
Morataning "matraschilar" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Ispaniya terma jamoasi futbolchisini 25 million evroga baholadi.
Hujumchi joriy mavsumda “Atletiko” safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
203