"Lester" klubi Marokash terma jamoasi hujumchisi Azzedin Unaxi uchun Frantsiyaning "Anje" klubiga foydali taklif bilan chiqishga tayyor. Bu haqda L'Équipe nashri xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, voqealarning bunday rivojlanishi futbolchining Qatarda bo'lib o'tayotgan 2022 yilgi jahon chempionatidagi ajoyib o'yinidan keyin avj olgan.
Bundan tashqari, futbolchiga Ispaniyaning "Sevilya" va "Barselona" klublari ham qiziqish bildirmoqda, deb xabar bermoqda Mundo Deportivo.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Vitorio Potstso o‘z terma jamoasini chempionlik shohsupasiga 2 marta olib kelgan yagona murabbiy sanaladi. U Italiya bilan birgalikda 1934 va 1938 yillarda chempion bo‘lgan. Germaniya terma jamoasi murabbiyi Ioaxim Lyovda bu natijani takrorlash imkoni bor.