So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
"Bavariya" Xorvatiya terma jamoasi darvozabonini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 98
Xorvatiya terma jamoasi va Zagrebning "Dinamo" klubi darvozaboni Dominik Livakovich "Bavariya"ga o'tishi mumkin. Bu haqda taniqli insayder Nikolo Skira xabar bermoqda.
Italiyalik jurnalistning xabariga ko'ra, Myunxenning 36 yoshli sardori Manuel Noyer oyog'idan jarohat olib, mavsumning qolgan qismini o'tkazib yuborishga majbur bo'lganidan so'ng, "Bavariya" yangi darvozabon bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.
"Bavariya" ikkita asosiy variantni ko'rib chiqmoqda: "Monako"ga ijaraga berilgan Aleksandr Nyubelni qaytarish yoki Dominik Livakovichni sotib olish. Germaniyalik darvozabonning "Monako"dagi ijarasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
27 yoshli Livakovich 2022/2023 yilgi mavsumda “Dinamo” safida 28 ta o'yin o'tkazib, 35 ta gol o'tkazib yuborgan va to'rt marta o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Qatarda bo'lib o'tayotgan 2022 yilgi jahon chempionatida Livakovich beshta o'yin o'tkazib, uchta gol o'tkazib yubordi va ikki marta darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi. Xorvatiya terma jamoasi Livakovich bilan jahon chempionatining pley-off bosqichida ikkita penaltilar seriyasida g'alaba qozondi.