"Barselona" yangi xaridni amalga oshirishga yaqin turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 201

"Barselona" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Ruben Nevesh bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, deya xabar beradi jurnalist Veronika Brunati.
Avvalroq, 25 yoshli portugaliyalik Kataloniya klubining asosiy maqsadi emasligi haqida xabar berilgandi.
Neveshning "Vulverxempton" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali Portugaliya terma jamoasi futbolchisini 40 million evroga baholamoqda.
Yarim himoyachi 2017 yilning yozida 17,9 million evro evaziga "Portu"dan ingliz klubiga o'tgan edi. Nevesh joriy mavsumda “bo'rilar” safida 16 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan.

Bosh sahifaga
181