Ronalduga A Seriyadan kutilmagan xaridor paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Italiya chempionatida Portugaliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduga kutilmagan da'vogar paydo bo'ldi.
Goal.com portali xabariga ko'ra, 37 yoshli futbolchiga "Fiorentina" qiziqish bildirmoqda. Florentsiya klubi rahbariyati yulduz futbolchining moliyaviy ehtiyojlarini qondirishga tayyor.
Avvalroq, "qizil iblislar" tajribali to'purar bilan shartnomani muddatidan avval bekor qilmoqchi ekanligi malum bo'lgandi. Klub Krishtianuning yaqinda bergan intervyusidan g'azablandi va endi portugaliyalikni "Old Trafford"da ko'rishni istamaydi.

Bosh sahifaga
236