Tilemans o'zining kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Belgiyalik Yuri Tilemans "Lester" bilan yangi shartnoma imzolamaydi. 25 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumni jamoada yakunlaydi, shundan so'ng u erkin agentga aylanadi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali ma'lum qildi.
Avvalroq OAVda Tilemansga asosiy da'vogar Londonning "Arsenal" klubi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yurining qishki transfer oynasida "kanonirlar" safiga qo'shilish ehtimoli ham inkor etilmaydi.
Belgiyalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 15 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. U 2019 yilning yozidan beri “Lester” safida o'ynaydi.

Bosh sahifaga
206