"Atalanta" qiziqish bildirayotgan qozog'istonlik futbolchining narxi e'lon qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Moskvaning TsSKA klubi "Atalanta" qiziqish bildirayotgan himoyachi Baxtiyor Zaynutdinov bilan xayrlashishga tayyor. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.
Manbaning tarqatgan xabariga qaraganda, "Atalanta" klubi Zaynutdinovni yaqin orada jamoani o'zgartirishi mumkin bo'lgan Xans Xateburuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. O'z navbatida, TsSKA o'z futbolchisi uchun to'rt million evro to'lashsa, u bilan xayrlashishga tayyor ekanligini bildirdi.
Joriy mavsumda himoyachi moskvaliklar safida 18 ta o'yinda qatnashdi. Baxtiyorning amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.

Bosh sahifaga
203