Ronaldu uchun APLdan xaridor topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

Krishtianu Ronalduning kelajagi qorong'iligicha qolmoqda. Futbolchining kecha bergan shov-shuvli intervyusi portugaliyalik hujumchining qishda “Manchester Yunayted”ni tark etishidan dalolat beradi.
Daily Mail nashri xabariga ko'ra, Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh oktyabr oyidan beri "Nyukasl" bilan aloqada. Klub yangi xo'jayinlar tomonidan sotib olinishi bilan klubning moliyaviy imkoniyatlari o'sdi, shuning uchun Ronalduning "Sent-Jeyms Park"ka ko'chib o'tish ehtimoli juda yuqori.
"Nyukasl" bu mavsum yaxshi ko'rinmoqda. Jahon chempionati bilan bog'liq tanaffusga qadar Eddi Xau jamoasi Premer-liga turnir jadvalida uchinchi o'ringa chiqib oldi.

Bosh sahifaga
187