Ronalduning "Sporting"ga qaytishi imkonsiz
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 147

Krishtianu Ronaldu qishda Lissabonning "Sporting" klubiga qaytmaydi. Bu haqda Football Daily nashri xabar bermoqda.
"Men Krishtianuning "Sporting"ga o'tish ehtimoli bor-yo'qligini aniqlashga harakat qildim. Lekin javob o'zgarishsiz qolmoqda: qishda bu transferga zarracha imkoniyat yo'q. Ronaldu bosh murabbiy Ruben Amorimga mos kelmaydi", - deydi jurnalist Pedru Sepulveda.
Eslatib o'tamiz, Krishtianu Lissabon klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.
Ronaldu kelasi yozgacha "Manchester Yunayted"da ishlashga tayyor. Portugaliyalik futbolchi APLning joriy mavsumida o'nta o'yinda atigi bitta gol urdi.

Bosh sahifaga
184