"Tottenxem" kanadalik hujumchiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

22 yoshli kanadalik hujumchi Jonatan Devid shu qishda Frantsiyaning "Lill" klubini tark etib, Premer-ligaga o'tishi mumkin.
Caughtoffside nashri jurnalistlarining xabar berishicha, hujumchining transferiga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
Potentsial kelishuv summasi 45 million evroga baholanmoqda. Joriy mavsumda Jonatan Liga 1da 14 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi. Futbolchining Frantsiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Angliya Premer-ligasining 15-turi yakunlariga ko'ra, “Tottenxem” 26 ochko jamg'arib, turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
184