Donnarumma Italiyaga qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 148

Italiya terma jamoasi va Frantsiyaning "PSJ" klubi darvozaboni Janluiji Donnarumma vataniga qaytishi mumkin.
Goal.com portali xabariga ko'ra, A Seriyaning top-klublaridan biri darvozabonni o'z safida ko'rmoqchi. Gap Turinning “Yuventus” jamoasi haqida ketmoqda.
"Keksa sinora" Donnarummaga Parijga o'tishidan oldin ham qiziqish bildirgan va hozir darvozabonni qo'lga kiritish uchun yana bir urinib ko'rmoqchi.
Janluidjining "PSJ" bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi. Transfermarkt xabariga ko'ra, u 50 million evroga baholangan.
Liga 1ning joriy mavsumida darvozabon 13 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol o'tkazib yubordi.

Bosh sahifaga
232