Evropaning beshta klubi "Napoli" futbolchisi uchun kurashmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

Joriy mavsumda “Napoli” safida shov-shuv ko'targan gruziyalik yarim himoyachi Xvicha Kvaratsxeliyaga transfer bozorida talab yuqori, deya xabar beradi insayder Nikolo Skira.
Manbaning xabari ko'ra, 21 yoshli yarim himoyachiga beshta top-klub qiziqish bildirmoqda. Gap "Real", "Manchester Siti", "Chelsi", "Tottenxem" va "Liverpul" klublari haqida ketmoqda. Ushbu klublarning skautlari Italiyada bo'lib, u erda Xvichining o'yinlarini tomosha qilishadi.
O'z navbatida "Napoli" yozgi transfer oynasida sotib olgan futbolchisini sotmoqchi emas. Kvaratsxeliyaning bozor qiymati 35 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
228