"Atletiko" "Bavariya" himoyachisini qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 75
“Bavariya” safida Bundesligasida to'p surayotgan frantsiyalik himoyachi Benjamen Pavar faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. “Matraschilar” futbolchining nemis grandi bilan munosabatlari keskinlashganidan unumli foydalanish niyatida. Benjaminning transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda ishtirok etib, 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.