"Roma" futbolchisi Madridga ko'chib o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 101
Italiya va “Roma” terma jamoasining qanot himoyachisi Leonardo Spinatstsola faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaga ko'ra, 29 yoshli futbolchining transferiga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda. Transfermarkt portali himoyachining narxini 20 million evroga baholamoqda. Leonardoning rimliklar bilan tuzilgan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Spinatstsola joriy mavsumda 11 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.