Ishonchli transfer-jurnalisti Devid Ornshteyn "Kristal Pelas" futbolchisi Vilfrid Zaha kelajagi haqida gapirdi. U shunday deydi:
"Albatta, yozda u uchun da'vogarlar soni etarlicha bo'ladi. Buning uchun u hozirgi jamoasi bilan yangi bitim tuzmasligi kerak. Zaha EChLda o'ynashni istaydi. Shu sababli erkin agent sifatida top jamoaga o'tishi mumkin".
Eslatib o'tamiz, Zaha uchun "Arsenal" asosiy da'vogar sanaladi.
Manba: caughtoffside.com
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Jahon chempionatlari tarixidagi eng tezkor gol turkiyalik hujumchi Hoqon Shukurga tegishli. U JCh-2002 3-o‘rin uchun o‘yinning 11-sekundida janubiy koreyalik darvozabonni dog‘da qoldirgan.