"PSJ" markaziy himoya uchun ikkita variantni ko'rib chiqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
Parijliklar markaziy himoyachi pozitsiyasiga ikkita nomzodni ko'rib chiqmoqda. Jurnalist Adrien Grenening tarqatgan xabariga ko'ra, parijliklar "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyardan tashqari, "Vilyarreal" himoyachisi Pau Torresni qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganishmoqda.
Yanvar oyiga qadar "PSJ" ikkala variantni ham ko'rib chiqadi va bir qarorga keladi. Hozircha ustuvor variant Shkrinyar bo'lib, uning "Inter" bilan shartnomasi tugashiga bir necha oy qolgan. Biroq slovakiyalik futbolchi “neradzurrilar”ning shartlarini qabul qilib, yangi shartnoma imzolasa, vaziyat o'zgarishi mumkin.