"Real" yana bir frantsiyalik futbolchini ko'z ostiga olib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 154

Madridning "Real" klubi Leverkuzenning "Bayer" jamoasi vingeri Mussa Diabini sotib olmoqchi, deya xabar bermoqda Fichajes. Frantsiyalik futbolchining transfer narxi 65-70 million evroga baholanmoqda.
Tez orada "Real" hujum qanotlarida bo'sh o'rinlarga ega bo'ladi. Chunki, jamoani Eden Azar va Marko Asensio tark etadi. 23 yoshli Diabi jamoaning yoshartirish konseptsiyasiga juda mos tushadi.
Avvalroq Madridning “Real” klubi yana ikki nafar frantsiyalik yosh futbolchilar – Eduardo Kamavinga va Aurelien Tchuamenini sotib olgandi.

Bosh sahifaga
156