Frantsiya chempionati to'purari Evropaning kuchli klublariga o'tish niyatida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 78
Frantsiyaning “Lill” klubi hujumchisi Jonatan Devid Evropaning etakchi klublaridan birida o'ynashga umid qilmoqda.
Kanadalik futbolchi o'tgan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatdi, Frantsiya chempionatida 15 ta gol urdi, biroq ko'plab mish-mishlarga qaramay, yozda "Lill"da qoldi.
Jurnalist Florian Plettenbergning so'zlariga ko'ra, Devid hozirgi klubida joriy mavsum yakunlanganidan ko'proq qolish niyatida emas. 22 yoshli hujumchi Evropa futboli gigantlari safiga o'tishni rejalashtirgan. “Bavariya” futbolchiga da'vogarlar qatorida.
Bugungi kunga kelib Jonatan Devid "PSJ" hujumchisi Neymar bilan birga 9 ta gol bilan Liga 1da to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.