"Yuventus" "Benfika" futbolchisiga da'vogarlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
Portugaliyaning "Benfika" klubi futbolchisi Florentino Luish qishki transfer oynasida jamoani sezilarli darajada yangilamoqchi bo'lgan "Yuventus"ning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar bermoqda.
23 yoshli Luish "Benfika"da tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida o'ynaydi va bu mavsumda u jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.
"Benfika" yaqinda Portugaliyaning 21 yoshgacha bo'lgan o'yinchisi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan yangi shartnomaga imzo chekdi, unda 120 million evroga tovon puli belgilangan.