Neveshning xaridori ko'payib ketdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 168

Angliyaning "Vulverxempton" jamoasida to'p surayotgan portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Neveshga APLning yana ikkita top-klubi qiziqish bildirmoqda.
Express nashriga ma'lum qilishcha, 25 yoshli futbolchi uchun kurashga "Liverpul" va "Manchester Yunayted" klublari qo'shilgan. Tayanch yarim himoyachisining "bo'rilar" bilan shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan. Rubenning transfer narxi 40 million evroga baholanmoqda.
APLning joriy mavsumida Nevesh sakkizta uchrashuvda qatnashib, bitta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" va "Arsenal" ushbu futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Bosh sahifaga
117