"Milan" Leauni o'rniga ikki nafar futbolchi topib qo'ydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

"Milan" o'z hujumchisi Rafael Leauni sotadigan bo'lsa, uning o'rniga ikki futbolchini ko'rib chiqmoqda. La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko'ra, "rossonerlar" Londonning "Chelsi" klubidan Kristian Pulishich yoki "Zaltsburg"dan Noa Okafordni sotib olishi mumkin.
Leauning transferi shu yilning qishida amalga oshmaydi. Katta ehtimol bilan “Milan” futbolchini yozda sotishi mumkin. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli 100 million evroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, Okaford Chempionlar ligasida ikkita gol urgan. Hujumchi o'zining birinchi golini aynan milanliklar darvozasi oldida, ikkinchi golini esa Londonning "Chelsi" darvozasiga kiritdi.

Bosh sahifaga
124