"Yuventus" va "Roma" Bundesliga klubi futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 188

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi himoyachisi Evan Ndika Italiya chempionatidagi ikki top-klubning qiziqish doirasiga tushib qoldi. Bu haqda jurnalist Nikolo Criraning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berildi.
Insayder xabariga ko'ra, franwiyalik yarim himoyachining transferiga Turinning "Yuventus" va "Roma" klublari qiziqish bildirmoqda.
23 yoshli futbolchining "Ayntraxt" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 32 million evroga baholanmoqda.
Germaniya chempionatining joriy mavsumida himoyachi ettita uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.

Bosh sahifaga
197