"Barselona" qanday holatda Asensio bilan shartnoma imzolashi mumkinligi ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 139

"Real" vingeri Marko Asensio "Barselona"ga o'tishi mumkinligi haqida xabar tarqalishda davom etmoqda.
26 yoshli ispaniyalik futbolchi Karlo Anchelotti jamoasida unchalik talabga ega emas va futbolchining shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.
Mish-mishlarga ko'ra, Asensioga nafaqat ko'plab xorij klublari, balki "qaymoqranglilar"ning La Ligadagi asosiy raqibi - "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda.
ARA Esports nashri ma'lumotlariga ko'ra, kataloniyaliklar shov-shuvli kelishuvni amalga oshirishi mumkin, biroq Usmon Dembele kelasi yozda jamoani tark etsagina.
Marko Asensio joriy mavsum “Real” safida 4 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Bosh sahifaga
390