"PSJ" "Milan" futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 161

“Milan”ga tegishli bo'lgan himoyachi Per Kalulu faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
MediaFoot nashri xabariga ko'ra, 22 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "PSJ" qiziqish bildirmoqda. Parijliklar Perni "Inter"dan xarid qila olmagan Milan Shkrinyarga muqobil sifatida ko'rmoqda. "PSJ" qishki transfer oynasida himoyachini qo'lga kiritishga harakat qilishi ehtimoldan holi emas.
Kaluluning "rossonerilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Uning transfer narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
353