"Arsenal"ning yosh futbolchisiga APL grandlari ko'z tikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Yarim himoyachi Etan Nvaneri dam olish kunlari Angliya Premer-ligasida "Arsenal" safida o'ynadi. "Brentford"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushib, Premer-ligada o'ynagan birinchi 15 yoshli futbolchiga aylandi.
Caughtoffside nashri ma'lumotlariga ko'ra, "Arsenal" vunderkindiga Premer-liganing bir qator grand klublari qiziqish bildirmoqda. Gap "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Chelsi" va "Liverpul" klublari haqida bormoqda.
Etan Nvaneri hali shunchalik yoshki, nufuzli transfermarkt portali iqtidorli futbolchining taxminiy bahosini belgilashga ulgurmadi.
“Arsenal” etti o'yindan so'ng Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilayotganini qo'shimcha qilamiz.

Bosh sahifaga
204