"Borussiya"ning sobiq futbolchisiga London klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

Dortmundning “Borussiya” klubini tark etib, erkin agent maqomiga ega bo'lgan himoyachi Dan-Aksel Zagadu faoliyatini boshqa nemis klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Kicker narshi xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga "Shtutgart" qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Zagada bilan shartnoma imzolashga Londonning "Vest Xem" klubi qarshi emas.
Dan-Aksel 2017 yildan 2022 yilgacha Dortmundning "Borussiya" jamoasida o'ynagan. O'tgan mavsumda u dortmundliklar safida 22 ta o'yinda qatnashib, 4 ta sariq kartochka olgan.
Qo'shimcha qilamizki, Zagadu "PSJ" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Bosh sahifaga
204