"Arsenal" "Ayntraxt" futbolchisini nishonga oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Frankfurtning “Ayntraxt” klubi yarim himoyachisi Yesper Lindstryom faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirish imkoniyatiga ega.
Calciomercato nashrining yozishicha, daniyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda. "Kanonirlar" yanvar oyidagi transfer oynasida skandinaviyalik futbolchi bilan o'z safini kuchaytirmoqchi.
22 yoshli yarim himoyachi o'tgan yilning iyul oyidan beri "Ayntraxt"da o'ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Yesperning transfer narxi 17 million evro.
Bundesliganing joriy mavsumida Lindstryom oltita uchrashuv o'tkazib, bitta gol urgan.

Bosh sahifaga
266