Rasman. Xames «Olimpiakos»ga o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Qatarning "Ar-Rayyan" klubi yarim himoyachisi Xames Rodriges faoliyatini Gretsiyada davom ettiradigan bo'ldi. Kolumbiyalik futbolchi «Olimpiakos» bilan shartnoma imzoladi.
Xames qatarliklar bilan o'zaro kelishgan holda shartnomani bekor qildi va erkin agent sifatida yangi jamoasi kelishuvga erishdi.
«Olimpiakos» avvalroq «Real» klubi sobiq himoyachisi Marselo bilan shartnoma imzolagan edi. Ushbu jamoa Evropa ligasida ishtirok etmoqda.

Bosh sahifaga
313