Xames Gretsiya chempionatiga yo'l olmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

Xames Rodriges faoliyatini Gretsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning fikricha, "Real" va "Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi "Olimpiakos"ga o'tishga yaqin turibdi. Bugun kolumbiyalik futbolchi Gretsiyaga uchadi, klub tibbiy ko'rikdan o'tishini belgilagan.
Hozirda 31 yoshli futbolchi Qatarning “Ar-Rayan” jamoasida o'ynamoqda. Klublar futbolchini ijaraga olish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan. Agar hammasi rejadagidek bo'lsa, Jeyms bugun "Olimpiakos" bilan shartnoma imzolaydi.
Qatar chempionatining joriy mavsumida Rodriges 1 ta o'yin o'tkazdi.

Bosh sahifaga
286