Ukrainalik futbolchiga APLning yana bir klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Ukraina terma jamoasi va “Shaxtyor” klubi yarim himoyachisi Mixaylo Mudrikka Angliya Premer-ligasining yana bir klubi qiziqish bildirmoqda.
Liverpool Echo nashrining ma'lum qilishicha, "Everton" 21 yoshli futbolchining transferini amalga oshirmoqchi. "Everton" qishki transfer oynasida ukrainalik iqtidorni sotib olmoqchi.
Mudrik uchun kurashda mersisaydliklarning raqiblari Londonning “Arsenal”, Leverkuzenning “Bayer” va Frantsiyaning “Nitstsa” klublari bo'ladi.
Mudrikning transfer narxi 15 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda u "konchilar" safida to'rtta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
405