Karius APLga qaytmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

"Liverpul"ning sobiq darvozaboni Loris Karius Angliya Premer-ligasi jamoasi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.
Sky Germany nashri xabariga ko'ra, germaniyalik darvozabon "Nyukasl" klubi uchun tibbiy ko'rikdan o'tish uchun kelgan.
Agar hammasi yaxshi bo'lsa, Loris "Nyukasl" bilan qisqa muddatli shartnoma imzolashi kerak. Germaniyalik posbon “Manchester Yunayted”ga sotib olish optsiyasi bilan ijara asosida o'tgan Martin Dubravka o'rniga o'rinbosar darvozabon sifatida ko'rilmoqda.
Eslatib o'tamiz, "Nyukasl"ning asosiy darvozaboni yozda "Byornli"dan kelgan Nik Pope hisoblanadi. Karius “Liverpul”ni tekinga tark etdi.

Bosh sahifaga
264