"Fulxem" futbolchisi Turkiya chempionatiga ko'chib o'tdi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 156

Angliyaning "Fulxem" klubi o'zining rasmiy saytida hujumchi Ivan Kavaleyraning Turkiyaning "Alanyaspor" jamoasiga ijara asosida o'tganini e'lon qildi.
“Fulxem”dagi barcha Kavga ijara vaqtida omad tilaydi” - deb yozadi klub matbuot xizmati.
28 yoshli portugaliyalik futbolchi turk klubida 1 mavsum o'tkazadi. Transfermarkt portali futbolchining narxini 3 million evroga baholamoqda.
Kavaleyra o'tgan mavsumda "Fulxem" safida 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Bosh sahifaga
213