Angliyaning "Lids" klubi Shveytsariyaning "Tsyurix" jamoasi hujumchisi Degnand Gnonto bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi. Bu haqda "tovuslar" rasmiy sayti xabar tarqatdi.
"Lids" Gnonto bilan 2027 yilning yoziga qadar shartnoma imzolangan. OAV xabariga ko'ra, transfer summasi 4,5 million evroni tashkil qilgan.
Gnonto Italiya terma jamoasi tarixidagi eng yosh gol muallifi hisoblanadi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Braziliya barcha final bosqichlarida ishtirok etgan yagona terma jamoa hisoblanadi. Shuningdek, ushbu terma jamoa bosh sovrinni eng ko‘p – 5 marotaba qo‘lga kiritgan.