Ispaniyaning "Vilyarreal" klubi matbuot xizmati "Elche" himoyachisi Xuan Moxika bilan shartnoma imzolanganini rasman e'lon qildi.
Kolumbiyalik futbolchi bilan shartnoma 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan. OAV xabariga ko'ra, transfer summasi 5,5 million evroni tashkil qilgan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Moxikaga "Barselona" klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
Eng tez maydondan chetlashtirish urugvaylik Xose Batistaga tegishli. Shotlandiyaga qarshi o‘yinning 56-sekundida u hakam tomonidan qizil kartochka bilan siylangan.