"Roma" hujumchisi "Valensiya"ga o'tadigan bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 142

Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, Jastin Klyuyvert faoliyatini "Valensiya" klubida davom ettiradi.
Manbaga ko'ra, niderlandiyalik futbolchi kelishuvni yakunlash uchun Ispaniyaga etib kelgan. "Valensiya" va "Roma" klublari transfer borasida kelishib olishdi, ammo tafsilotlar keyinroq e'lon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Klyuyvert "Fulxem"ga o'tishga yaqin edi, biroq kelishuv amalga oshmay qolgandi.
O'tgan mavsumda Jastin "Nitstsa" tarkibida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
217