"Inter" Rimning "Latsio" klubi himoyachisini ijaraga oldi. Bu haqda milanliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.
34 yoshli Franchesko Acherbi "Inter" klubiga o'tdi. Ijara shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar amal qiladi. “Inter”da futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati mavjud.
Acherbi 2018 yilda "Latsio"ga o'tgan edi. U "neradzurrilar" bosh murabbiyi Simone Indzagi bilan Rim jamoasidagi birgalikdagi faoliyati orqali tanish.
Qiziqarli faktlar va iqtiboslar
"Barcelona" va "Ispaniya" terma jamoasi "Andres Iniesta" gol kiritgan o'yinlarning hech birida mag'lubiyatga uchramagan. (62 ta o'yin: 56 g'alaba va 6 ta durang).