Rasman! "MYu" yangi darvozabonni o'z safiga qo'shib oldi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 135

Huquqiy jihatdan "Nyukasl" klubiga tegishli bo'lgan slovakiyalik darvozabon Martin Dubravka 2022/2023 yilgi mavsumni "Manchester Yunayted"da ijara asosida o'tkazadi. Bu haqda "qizil iblislar" rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Shartnoma sotib olish optsiyasini o'z ichiga oladi. 33 yoshli darvozabon 2018 yilning yanvaridan beri "Nyukasl"da o'ynab kelayotgandi. U jamoa tarkibida 130 ta o'yin o'tkazib, 175 ta gol o'tkazib yuborgan. 2019/2020 yilgi mavsumda Dubravka jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bungacha darvozabon “Sparta Praga”, “Slovan Liberets”, Daniyaning "Esberg" va Slovakiyaning “Jilina” klublarida ham to'p surgan.


Bosh sahifaga
217