"Aston Villa" yangi xarid borasida kelishuvga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Aston Villa" "Sautgempton" himoyachisi Yan Bednarekni sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi, deb xabar bermoqda The Athlitic.
26 yoshli polshalik futbolchini "sherlar" jarohat olganligi sababli noma'lum muddatga safdan chiqqan Diego Karlosning o'rniga olib kelishni mo'ljallashgan.
Himoyachi 2017 yilning yozida "Sautgempton"ga ko'chib o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasi 2025 yilda yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda Bednarek klub safida 34 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urgan va 10 ta sariq kartochka olgan. Transfermarkt portali futbolchini 22 million evroga baholamoqda.

Bosh sahifaga
251