Kichik Zidan Ispaniya klubi bilan shartnoma imzoladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

Zinedin Zidanning o'g'li - darvozabon Luka Zidan o'ziga yangi klub topdi. 24 yoshli posbon hozirda Ispaniyaning birinchi divizionida to'p surayotgan "Eybar" bilan shartnoma imzoladi. Klub matbuot xizmati xabariga ko'ra, shartnoma ikki mavsumga mo'ljallangan.
Luka Zidan so'nggi ikki oy davomida erkin agent bo'ldi. Darvozabon “Rayo Valekano” bilan shartnomasi tugaganidan keyin erkin agentga aylangandi.
Aytish joizki, Luka Zidan butun faoliyatini Ispaniyada o'tkazadi. U "Real" akademiyasini tamomlagan.


Bosh sahifaga
260