"Barselona" himoyachisi La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Barselona" himoyachisi Serjino Dest La Liganing boshqa klubiga o'tishi mumkin. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, futbolchiga bir mavsumga ijaraga olishga tayyor bo'lgan "Vilyarreal" qiziqmoqda.
Destning o'zi hamon "sariq suv osti kemasi"ga qo'shilishi haqida o'ylamoqda. "Barselona" o'z navbatida futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, chunki u bosh murabbiy Xavi Ernandesning rejalariga kiritilmagan.
Eslatib o'tamiz, Destga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda.

Bosh sahifaga
333