Zieshga Londonning boshqa klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 130

"Chelsi" yarim himoyachisi Hakim Ziesh Londonning boshqa klubiga o'tishi mumkin. Relevo nashri xabariga ko'ra, marokashlik futbolchiga Antonio Konte boshchilik qilayotgan "Tottenxem" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvaliga Zieshga "Milan" qiziqish bildirgandi, biroq yakunda bu transfer barbod bo'ldi, keyin futbolchi "Ayaks"ga qaytolmadi.
"Chelsi" Ziesh bilan xayrlashishga qarshi emas, ammo London klubi uni "Tottenxem"ga qo'yib yuborishga qaror qilishi dargumon. Chunki, "Chelsi" rahbariyati "shporlar" bilan har doim juda qiyin munosabatlarga ega.

Bosh sahifaga
241