La Liganing ikki etakchi klubi ukrainalik futbolchi uchun kurashadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

Kievning "Dinamo" klubi etakchisi Viktor Tsiigankov faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Marca nashri xabariga ko'ra, 24 yoshli yarim himoyachi Ispaniya chempionatining ikki klubining e'tiboriga tushgan.
Tsiigankovga birinchi da'vogar "Sevilya". "Vilyarreal" futbolchi uchun bahsda andalusiyaliklarga qarshi kurash olib bormoqchi. Transfermarkt portali ukrainalik futbolchining narxini 25 million evroga baholamoqda. Uning “Dinamo” bilan shartnomasi kelasi yil yozda tugaydi.
Ukrainalik yarim himoyachi "Dinamo" tarkibida 217 o'yin o'tkazib, 86 gol urgan va jamoadoshlariga 59 marta assistentlik qilgan.

Bosh sahifaga
222