Rasman! "Monako" futbolchisi Frantsiyaning boshqa klubiga ko'chib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 120

"Monako"da to'p surgan yarim himoyachi Sofyan Dion klubini o'zgartirdi. Klub rasmiy sayti xabar berishicha, 22 yoshli futbolchi faoliyatini Frantsiyaning boshqa bir jamoasi – “Nitstsa” tarkibida davom ettiradi.
"Sofyanga faoliyatining yangi bosqichida omad tilaymiz", - deyiladi "Monako" matbuot xizmati xabarida.
Diop "Monako" klubida 2018 yilning yozidan buyon o'ynab kelmoqda. Umuman olganda, u "Monako" safida rasmiy o'yinlarda 105 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Liga 1ning to'rt turidan so'ng “Nitstsa” turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

Bosh sahifaga
262