"Real Sosedad" Isakning o'rniga boshqa hujumchi topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 117

Huquqlari Ispaniyaning "Almeriya" klubiga tegishli bo'lgan hujumchi Umar Sodiq faoliyatini La Liganing boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
Fabritsio Romanoning ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berishicha, "Real Sosedad" futbolchini transfer oynasi yopilishidan oldin sotib olmoqchi. San-Sebastyan klubi Umarni "Nyukasl"ga o'tib ketgan Aleksandr Isakga muqobil sifatida ko'rmoqda.
Umar Nigeriya terma jamoasi a'zosi. Ispaniya chempionatining yangi mavsumida hujumchi uchta uchrashuv o'tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
258