Balotelli Turkiya chempionatini tark etmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 134

Italiyalik hujumchi Mario Balotelli klubini o'zgartirishi mumkin. Insayder Nikolo Skiraning so'zlariga ko'ra, hujumchi Turkiyaning “Adana Demirspor” jamoasida o'ynashni istamayapti.
Jurnalistning ma'lum qilishicha, hujumchi faoliyatini o'z vatanida davom ettirmoqchi. Qolaversa, Balotellida Shveytsariyada o'ynash imkoniyati bor. 32 yoshli futbolchiga "Sion" qiziqish bildirmoqda.
Mario o'tgan yozda "Adana Demirspor"ga o'tib, uch mavsumga shartnoma imzolagan edi.
Yaqinda Balotelli jamoa bosh murabbiyi bilan janjallashib qolgandi. Futbolchi va murabbiy Turkiya chempionati o'yinidan so'ng urushib qolishlariga sal qoldi.

Bosh sahifaga
325