Fabritsio Romano: "Bu xarid "Chelsi" va "Barselona"ning strategik o'yiniga aylandi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

Fabritsio Romano Obameyangning "Chelsi"ga o'tishi haqida yozdi. U shunday deydi:
"Bu xarid ikki tomonning strategik o'yiniga qorishib ketdi. "Chelsi" "Barselona"ning Jyul Kundeni ro'yxatdan o'tkazishi uchun Obameyangni sotishi kerakligini biladi. Shu sabab 15 million evrodan ortiq to'lash niyatida emas.
"Barselona" esa Obameyang Tuxel uchun bosh maqsad ekanini yaxshi tushunadi. Mana shu omil tufayli gabonlikni 30 million funtga baholamoqda. Menimcha, u uchun adolatli narx 20 million evro bo'ladi".
Manba: caughtoffside.com
Bosh sahifaga
223