"Nyukasl" o'z tarixidagi rekord darajadagi transferni amalga oshirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

Aleksandr Isak rekord darajadagi - 70 million evro evaziga "Nyukasl"ga o'tadi.
El Diario Vasco xabariga ko'ra, ingliz klubi "Real Sosedad" rad eta olmaydigan taklif bilan chiqqan.
Bonuslar bilan hisoblaganda transfer summasi 75 milliongacha oshishi mumkin. Shuningdek, "Real Sosedad" shvetsiyalik futbolchining keyingi sotuvidan 10 foiz ulush oladi.
22 yoshli Isakni sotish San-Sebastyan klubi uchun rekord. 2019 yilning yozida hujumchi "Borussiya"dan 6-10 million evroga sotib olingandi.

Bosh sahifaga
195