"Roma" "Yuventus" futbolchisini ijaraga olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Yarim himoyachi Denis Zakariya yozgi transfer bozorida “Yuventus”ni tark etishi mumkin.
"Roma" 25 yoshli futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Klub bir necha oyni o'tkazib yuborishi mumkin bo'lgan Jorjinio Veynaldumning jarohati tufayli markaziy yarim himoyaga futbolchi qidirmoqda.
Shveytsariyalik futbolchi shu yilning yanvar oyida "Yuventus"ga o'tgan edi, ammo klub uni qo'yib yuborishga tayyor.
"Roma" Zakariyani ijaraga olish borasida surishtiruv o'tkazdi. Rimliklarning short-listida boshqa futbolchilar ham bor: “Torino”dan Sasha Lukich va “Kalyari”dan Naitan Nandez.

Bosh sahifaga
195